AsosiyJamiyat

Xorijda vafot etgan qancha o`zbekistonlikning jasadi olib kelingani ma`lum qilindi

'Xorijda vafot etgan qancha o`zbekistonlikning jasadi olib kelingani ma`lum qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 7 ming 992 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 288 ming 352 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 194 nafariga ijtimoiy yordam, 10 ming 951 nafariga moddiy yordam ko`rsatildi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar bermoqda. Shuningdek:

- 5 ming 984 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi.

- 308 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.

- Xorijda  vafot etgan 361 nafar fuqaro jasadi olib kelindi.

- 408 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.

- Og`ir tan jarohati olgan 12 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.

- Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to`lanmay turgan qariyb 892,1 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensasiyalari undirib berildi.

    Boshqa yangiliklar