AsosiyHi-tech

Youtube layk va dislayk bo`yicha siyosatini qayta ko`rib chiqishga qaror qildi

'Youtube layk va dislayk bo`yicha siyosatini qayta ko`rib chiqishga qaror qildi'ning rasmi

Bundan buyon ma`lum bir videoga nisbatan antipatiya miqdori kontenti tomoshabinlardan yashiriladi. Bu haqda "Korrespondent"ga tayanib "Zamon" yozmoqda. 

Qayd etilishicha, kompaniya shu yilning yozida tajriba o`tkazgan va dislayk hisoblagichlarining yo`qligi foydalanuvchilarning xatti-harakatiga ijobiy ta`sir ko`rsatishini aniqlagan.

Jamoaning ta`kidlashicha, odamlar ko`pincha ko`p sonli dislayklarga tayanib u yoki bu videoni ko`rmaydi.

“Biz ijodkorlar muvaffaqiyatga erisha oladigan va o`zlarini xavfsiz ifoda etish kuchini his eta oladigan inklyuziv va hurmatli muhit yaratmoqchimiz”, — deyiladi YouTube  bayonotida.


Shu bilan birga, layk qo`yish imkoniyati saqlanib qolinadi. Yoqtirmaganlar haqidagi ma`lumotlar YouTube Studio'da video ijodkorlar kontenti samaradorligini baholash uchun mavjud bo`lib qoladi. Ammo kontent foydalanuvchilari hisoblagichni ko`rish qobiliyatini yo`qotadi.
Videoxosting matbuot xizmati ushbu choralarni “tomoshabinlar va mualliflar o`rtasidagi hurmat muloqotini ta`minlash uchun” ko`rilganini qo`shimcha qildi. YouTube o`zgarishlar bugundan boshlab barcha foydalanuvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy etilishini aytdi.

Ma`lumot uchun, avvalroq Youtube va Google endi iqlim o`zgarishiga qarshi bo`lgan sahifalarni reklama va to`lovlardan mahrum qilgani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar