1

So`nggi bir yil ichida 14 mingga yaqin xodimlarning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi

Jamiyat 11.11.2021, 17:17
So`nggi bir yil ichida 14 mingga yaqin xodimlarning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi

Taraqqiyotning yangi davrida kasaba uyushmalari sohasida izchil va keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada, kasaba uyushmalari tizimida inqilobiy o`zgarishlar bo`lyapti.

O`tgan davr mobaynida xodimlar mehnatini muhofaza qilish maqsadida kasaba uyushmalari tomonidan 16 mingga yaqin korxona va tashkilotlar faoliyati o`rganilib, aniqlangan 61 mingdan ziyod kamchiliklar bartaraf etilishi ta`minlandi.

Shuningdek, soha xodimlarining sa`y-harakatlari natijasida 14 mingga yaqin xodimlarning buzilgan mehnat huquqlari tiklanib, ular foydasiga 3,6 milliard so`mdan ortiq mablag` undirib berildi.

Sohada xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Xususan, O`zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi Kasaba uyushmalari umumkonfederasiyasiga a`zolikka qabul qilindi, Markaziy Osiyo davlatlarining turdosh tashkilotlari bilan kelishuvlar tuzildi, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlik yangi bosqichga ko`tarildi. Bu bilan kasaba uyushmalari mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatdagi mavqeini oshirishga o`z hissalarini qo`shmoqda.

Eng muhimi, bundan roppa-rosa bir yil oldin “O`zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Yangi qonun ezgu maqsadga qaratilgan bo`lib, u bilan 11 noyabr kuni O`zbekiston kasaba uyushmalari kuni deb belgilandi.

Bu kabi bayramlar Avstriya, AQSh, Gresiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shvesariya kabi davlatlarda, shuningdek, MDH, jumladan, Qozog`iston, Qirg`iziston davlatlarida keng nishonlanib kelinadi.

Ta`kidlash kerakki, ushbu bayram munosabati bilan joriy yilning 8 noyabrdan 14 noyabrga qadar barcha mehnat jamoalarida “Yangi O`zbekiston – yangi kasaba uyushmalari”, degan g`oya ostida “Xodimlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va mehnatni muhofaza qilish haftalagi” o`tkazilyapti.

Shu bilan birga, mamlakatimiz hududlarida boshlang`ich tashkilotlarda “11 — noyabr O`zbekiston kasaba uyushmalari kuni” mavzusida ma`naviyat soatlari, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, uchrashuvlar hamda turli ko`rik-tanlovlar o`tkazilmoqda.

Yana bir muhim masala. O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi boshchiligida tuzilgan ishchi guruh butun respublika bo`ylab “Ayollar daftari” doirasida ish olib bordi. Ushbu o`rganishlar natijasida 6,5 milliondan ortiq xotin-qiz bilan muloqot o`tkazilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, og`ir turmush sharoitida kun kechirayotgan ayollarning ro`yxati shakllantirilib, ulardan 900 mingga yaqinining muammosi ijobiy hal etildi.

Bir so`z bilan aytganda, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma`naviy qo`llab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta`minlash, tashkilot fidoyi xodimlarini rag`batlantirishda muhim omil bo`lmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1