1

Bo`stonliqda 53 tup ko`p yillik daraxtlar kesib tashlandi. Prokuratura jinoyat ishi qo`zg`atdi

Jamiyat 12.11.2021, 10:22
Bo`stonliqda 53 tup ko`p yillik daraxtlar kesib tashlandi. Prokuratura jinoyat ishi qo`zg`atdi

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani Oqtosh qishlog`ida 56 tup daraxtlar noqonuniy ravishda kesib tashlanib, o`simlik dunyosiga 288 mln 792 ming so`m miqdorda zarar etkazilgani haqida xabarlar talqaldi. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi holatni rasmiylashtirib, qonuniy baho berish uchun hujjatlarni prokuratura organlariga taqdim etgani haqida ma`lum qildi. 

"Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo`yicha Bo`stonliq tumani inspeksiyasi xodimilari tomonidan olib borilgan o`rganish ishlari davomida hududda o`sish holatida bo`lgan jami 56 tup, shundan, 53 tup shumtol, 2 tup baqaterak, 1 tup qizil do`lana daraxtlari noqonuniy ravishda kesilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan xolis guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Noma`lum shaxclarning g`ayriqonuniy hatti-harrakatlari natijasida o`simlik dunyosiga 288 mln 792 ming so`m miqdorda zarar etkazilgan.  

Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi",  - deyilgan rasmiy munosabatda. 

Shundan so`ng holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. Keltirilishicha, Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani Oqtosh qishlog`i hududida ko`p yillik daraxtlar noqonuniy kesilganligi (O`simlik dunyosiga 288 mln.so`m zarar etkazilgan) holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1