1

Pandemiya hali chekingani yo`q, O`zbekistonda kasallanish ortmoqda — SSV

Jamiyat 12.11.2021, 10:37
Pandemiya hali chekingani yo`q, O`zbekistonda kasallanish ortmoqda — SSV

Pandemiya hali chekingani yo`q, kecha yurtimizda qariyb 300 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi, bir hafta o`tib, 8 nafar insonda pnevmoniya aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati. 

2021 yil 11 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 189186 (+294) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  

-18 nafari Andijon viloyatida,

-12 nafari Buxoro viloyatida,

-6 nafari Jizzax viloyatida,

-4 nafari Qashqadaryo viloyatida,  

-2 nafari Navoiy viloyatida,

-15 nafari Namangan viloyatida,

-24 nafari Samarqand viloyatida,

-3 nafari Sirdaryo viloyatida,

-3 nafari Surxondaryo viloyatida,

-22 nafari Farg`ona viloyatida,

-22 nafari Xorazm viloyatida,

-65 nafari Toshkent viloyatida,

-96 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 185301 (+274) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1351 nafarni tashkil qildi.

"Mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan  hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishlarini va bu orqali o`zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrashini so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1