1

Parkent tumanida uch o`g`il egizak tug`ildi. Ularga Mirshavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo`yildi

Jamiyat 12.11.2021, 12:20
Parkent tumanida uch o`g`il egizak tug`ildi. Ularga Mirshavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo`yildi

Toshkent viloyatining Parkent tumani “Zarkent” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi Abdumalikovlar xonadonida bir yo`la 3 nafar o`g`il egizak farzand dunyoga keldi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXA Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati boshlig`i Erkin Doripov xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, egizaklar 2021 yil 1 noyabr kuni dunyoga kelgan, ularga  Mirshavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo`yishgan. Egizaklarning otasi Jahongir Abdumalikovning aytishicha, bundan avval ularning bir qiz va bir o`g`il farzandi bo`lgan. Endilikda oilaning farzandlari soni 5 nafarga etdi.

Parkent tuman FHDYo bo`limi mudirasi Sevara Mo`minova chaqaloqlarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasini egizaklarning otasi Jahongir Abdumalikovga topshirdi. Uning ma`lum qilishicha, 2021 yilning fevral oyida ham tumanda 3 nafar egizak dunyoga kelgan. 

Ma`lumot uchun: joriy yilning shu kuniga qadar Toshkent viloyatida 65 ming 257 nafar bola dunyoga kelgan bo`lib, uch egizakning tug`ilishi 5 marotaba qayd etilgan. Ularga asosan Hasan, Husan, Fotima, Zuhra kabi ismlar qo`yilgan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1