1

Endi “Afrosiyob” poezdlarining “Toshkent–Buxoro–Toshkent” yo`nalishida qatnovlar yo`lga qo`yiladi

Jamiyat 12.11.2021, 13:03
Endi “Afrosiyob” poezdlarining “Toshkent–Buxoro–Toshkent” yo`nalishida qatnovlar yo`lga qo`yiladi

Endilikda haftaning shanba, yakshanba kunlari “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo`nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ  yo`lovchilarning zamonaviy poezdlarga bo`lgan talabini to`la qondirish, bundan tashqari ichki turizmni rivojlantirishda qo`shimcha imkoniyatlar yaratish maqsad qilgan. 

Harakat jadvaliga ko`ra,  2021 yil 13 noyabrdan boshlab, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi Samarqand, Navoiy temir yo`l vokzallarida ham to`xtab o`tib, soat 12:47 da Buxoro 1 temir yo`l vokzaliga etib boradi.

“Afrosiyob” zamonaviy poezdi ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro 1 temir yo`l vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzaliga kirib keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1