1

O`zbekistonda COVID-19 virusining barcha shtammlarini engish maqsadida yaratilgan yangi qurilma taqdimoti bo`lib o`tmoqda

Jamiyat 12.11.2021, 13:19
O`zbekistonda COVID-19 virusining barcha shtammlarini engish maqsadida yaratilgan yangi qurilma taqdimoti bo`lib o`tmoqda

Ayni daqiqalarda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda.

Tadbirda  COVID-19 virusining barcha shtammlarini engish maqsadida yaratilgan yangi qurilma taqdimot qilinmoqda.

“BioGenetic” qurilmasining viruslarni nobud qilish imkoniyatini o`rganish maqsadida, etuk professor va ekspertlar mavjud COVID-19 viruslarini havo orqalish purkash, suyuqlik orqali tomchilab tomizish, zararlangan inson organizmidan nafas chiqarish yo`li bilan tarqatiladigan viruslarni probirkalarga tutish, PZR musbat natijalariga qurilma bilan ta`sir ko`rsatish kabi usullarni ishlab chiqishdi.

2020 yil aprel oyida “BioGenetic” qurilmasi koronavirusga qarshi, COVID-19 markazlarida, keyinchalik virusologiya laboratoriyalarida sinovdan muvafaqqiyatli o`tgan.

 Sinov natijalariga ko`ra, COVID-19 virusining turkumlari qurilma ta`siri ostida elektronlar orqali qobiqqa olinib, virus RNKsi nobud bo`lgani isbotlangan.

Qurilma orqali 100 metr kvadrat maydondagi xona inaktivasiyasi uchun 15 daqiqa kifoya. Havo orqali infeksiya yuqishi xavfini butunlay yo`qqa chiqaradi.

Qurilma inson nafas olish yo`llaridagi viruslarni masofaviy tozalash, hamda havodagi virus va bakteriyalarni bartaraf etishga qaratilgan.

Hozirgi kunda Yaponiya, Rossiya, Amerika va Evropa davlatlari ekspertlari ham shu kabi texnologiyalar ustida ish boshladi. Analoglarini Yaponiya va Rossiya davlatlarida ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.  

Mutaxassislarimiz ushbu texnologiyadan tibbiyot muassasalari va odam gavjum bo`ladigan boshqa bino va inshootlarda foydalanishni tavsiya etishmoqda. Ishlash prinsipi eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan va inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1