1

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga rais saylandi

Jamiyat 12.11.2021, 14:19
O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga rais saylandi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining navbatdagi hisobot konfrensiyasi o`tkazildi, deya xabar bermoqda Federasiya Axborot xizmati. 

Tadbir davomida, Federasiyaning 2016-2020 yillar va 2021 yil 9 oylik faoliyati  tahlil qilindi.

Shuningdek, konfrensiya  delegasiya a`zolari  tomonidan  boshqaruv organi rahbariyati tayinlandi.

Federasiya raisi lavozimiga 2016-2021 yillar davomida Federasiya raisi lavozimida faoliyat yuritgan Jahongir Sarimsoqov saylandi.

Ma`lumot uchun: J.Sarimsoqov 1974 yil Samarkand viloyatida tugilgan. 1992-1996 yili Toshkent davlat universitetini, 2003-2005 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi davlat va jamiyat kurilishi akademiyasini, 2020-2021 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini magistratura bosqichini tamomlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1