Ekvadorda Dayko laqabli it qutqaruvchilarga zilzila xarobalari ostida qolib ketgan kishilarni qutqarishga ko`maklashdi, oqibatda esa o`zi suvsizlikdan nobud bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Qutqaruvchilar o`z yordamchilarini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan, biroq urinishlar besamar ketgan.
“Dayko xizmat vazifasini ado etish uchun o`zini qurbon qildi. Pelernales va boshqa hududlarda ko`rstagan jasorating uchun senga tashakkur”,— deya minnatdorchilik bildirdi qutqaruvchilar labrador itga.
Dayko uch yildan beri qutqaruv xizmatida insonlarni qutqarishga ko`maklashayotgan edi.
Ma`lumot uchun, 17 aprelga o`tar kechasi Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila ro`y berdi.





