Kanadaning Brayton shahrida yashovchi fuqarolar qo`shnisining to`tiqish bilan janjalidan bezib, polisiya chaqirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Polisiyaga bir vaqtning o`zida bir necha kishi murojaat qilib, qo`shnisi xotini bilan baland ovozda janjallashayotgani va uni o`ldirish bilan tahdid qilayotganini ma`lum qilgan. Aytilgan manzil bo`yicha etib kelgan polisiyachilarning aniqlashicha, erkak kishi uyda yolg`iz o`zi bo`lgan.
“Biz to`tiqushiga baqirayotgan erkakning uyda yolg`iz ekanligiga amin bo`ldik. U to`tiqush uni cho`qigani uchun unga baqirayotganini aytdi”,—deydi polisiyachilardan biri.
Uning aytishicha, kanadalik fuqaro alkogol ichimlik ichgan, biroq to`tiqush uchun xavf tug`dirmagan.
Kanadalik fuqaroga nisbatan hech qanday jazo chorasi qo`llanilmagan.





