AsosiyJamiyat

Koronavirus bo`yicha kunlik ko`rsatkichlar ma`lum qilindi

'Koronavirus bo`yicha kunlik ko`rsatkichlar ma`lum qilindi'ning rasmi

Kecha O`zbekistonda qariyb 275 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi, 5 nafar insonda pnevmoniya aniqlandi.

2021 yil 12 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 189458 (+272) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 14 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 15 nafari Namangan viloyatida,
  • 23 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 19 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 15 nafari Xorazm viloyatida,
  • 62 nafari Toshkent viloyatida,

86 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar,
  • Andijon viloyatida 11 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 10 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 10 nafar,
  • Samarqand viloyatida 23 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 23 nafar,
  • Xorazm viloyatida 10 nafar,
  • Toshkent viloyatida 63 nafar,

Toshkent shahrida 87 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 185550 (+249) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1354 nafarni tashkil qildi.

Mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan  hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishlarini va bu orqali o`zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrashini so`rab qolamiz.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar