1

Kasbiga loqaydlik qilgan 103 xodimiga hayfsan berildi

Jamiyat 13.11.2021, 13:49
Teglar: tez tibbiy yordam
Kasbiga loqaydlik qilgan 103 xodimiga hayfsan berildi

Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati tez yordamga qo`ng`iroq qilib, yordam so`ragan fuqaroga asossiz vajlar keltirib, tez yordam avtomobillarida yonilg`i yo`qligini bildirgan tez yordam xodimiga hayfsan berdi. Bu haqda tibbiyot birlashma axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Bloger Marjona” telegram kanalida tez yordam xodimining mas`uliyatsizligi haqida so`z yuritilgan.

“Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi tez yordam avtomobillarini yonilg`i bilan ta`minlash viloyat tez yordam avtokorxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Shu kunga qadar yonilg`i ta`minlash ishlarida qisqa-qisqa uzulishlar kuzatilgani bor gap. Ammo tez yordam avtomobillari umuman to`xtab qolgani yo`q”, — deydi viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasiga qarashli Avtoxo`jalik boshlig`i Sohib Qo`ldoshov.

Qayd etilishicha, mas`uliyatsiz xodimga hayfsan intizomiy jazosi qo`llanilgan.

“Ushbu holat 10 noyabr sanasida tungi navbatchilik vaqtida ro`y bergan. Tezkor 103 raqamiga murojaat qilgan fuqaroga o`z kasbiga loqaydlik bilan yondashgan hamda fuqaroga kasb estetikasidan chetlashib muloqot qilgan, ish vaqtida hushyorlikni yo`qotgan, navbatchilikda bo`lgan xodim Feruza Soatovaga qat`iy ogohlantirish berilib, hayfsan intizomiy chorasi qo`llanilgan. Xodimlar orasida bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun tibbiyot birlashma ma`muriyati tomonidan nazorat o`rnatildi”, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`i o`rinbosari Hakim Bozorov.

Sharhlar

"Koronavirus kuchaymoqda, ammo bizga hali ham maxsus kiyim berilmadi” sarlavhali murojaatga rasmiy munosabat bildirildi

18.03.2020, 20:24

2020 yil 17 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo`lgan Tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan "Koronavirus kuchaymoqda, ammo bizga hali ham maxsus kiyim berilmadi” sarlavha...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1