1

Bugun O`zbekistonga Turkmanistondan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda

Jamiyat 14.11.2021, 08:27
Bugun O`zbekistonga Turkmanistondan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda

14 noyabrda kunduz kuni O`zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Shamol ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduz kungi harorat 8-13° iliqdan yuqori bo`lmaydi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-11° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda bazi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1