1

Rossiyada yong`inda qolib halok bo`lgan 4 nafar o`zbekistonlikning shaxsiga aniqlik kiritildi

Jamiyat 14.11.2021, 11:53
Rossiyada yong`inda qolib halok bo`lgan 4 nafar o`zbekistonlikning shaxsiga aniqlik kiritildi

Moskva viloyatining Solnechnogorsk tumanidagi quruvchilar uchun mo`ljallangan vaqtinchalik uylardan birida sodir bo`lgan yong`in oqibatida 4 to`rt nafar o`zbekistonlik halok bo`lganligi xaqida xabar berilgan edi. 

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi ushbu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan aloqa o`rnatgan.

Yong`in oqibatida ushbu vaqtincha turar joyda yashab kelgan mehnat migrantlari orasida haqiqatdan 2 kishi jarohat olgan va 4 kishi vafot etgan.

Hozirgi vaqtda vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ma`lum bo`lishicha, ularning barchasi O`zbekiston fuqarolari (Sh.A. 1969 y.t., E.U. 1998 y.t., Sh.K. 1987 y.t., A.R. 1998 y.t.) bo`lgan.

Ushbu holat nozoratga olingan va vafot etgan yurtdoshlarimiz jasadlarini Vatanga qaytarish chorali ko`rilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1