1

Ayni vaqtda Qamchiq dovonida qor yog`moqda. YHXBB haydovchilarga muhim ogohlantirish berdi

Jamiyat 14.11.2021, 20:53
Ayni vaqtda Qamchiq dovonida qor yog`moqda. YHXBB haydovchilarga muhim ogohlantirish berdi

Ayni vaqtlarda qamchiq dovonida qor yog`moqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi videolar paydo bo`la boshladi. 

YHXBB ob-havo o`zgarayotgani munosabati bilan haydovchilarga transport vositasini boshqarishda muhim ogohlantirish berdi

"Hurmatli haydovchilar! 

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan: 

  • Texnik nosozliklar ayniqsa, rul boshqaruvi va tormoz tizimida nosozliklari bo`lgan transport vositalaridan foydalanmasliklarini;
  •  isitish tizimi nosoz bo`lgan, avtotransport oynalari terlab sun`iy pardani hosil qilib, ko`rinishni cheklaydigan transport vositalaridan foydalanmasliklarini; 
  • haydovchilar oraliq masofani xavfsizlik darajasida ushlashlarini; 
  •  belgilangan tezlik talablariga aniq rioya qilishlarini; transport vositasini spirtli ichimlikdan mast bo`lgan holda boshqarmasliklarini so`rab qoladi",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1