1

Toshkentning ayrim ko`chalari 10 kunga yopiladi 

Jamiyat 14.11.2021, 22:44
Toshkentning ayrim ko`chalari 10 kunga yopiladi 

Ta`mirlash ishlari o`tkazilishi sababli Toshkentning ayrim ko`chalari yopiladi. 

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

 Ta`kidlanishicha, avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun qarama-qarshi yo`l ochiq bo`ladi. 

"Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Yo`l-ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 15 noyabrdan 25 noyabrgacha Sebzor va Nurafshon ko`chasi kesishmasidan Nurafshon ko`chasi bo`ylab yo`lning bir tomoni qisman yopiladi.

 Avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun qarama-qarshi yo`l ochiq bo`ladi. Haydovchilardan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so`raymiz",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1