1

Namanganda sodir bo`lgan YTH haydovchining o`limiga sabab bo`ldi, yo`lovchi ham og`ir jarohat olgan 

Jamiyat 14.11.2021, 23:09
Namanganda sodir bo`lgan YTH haydovchining o`limiga sabab bo`ldi, yo`lovchi ham og`ir jarohat olgan 

Joriy yil 10 noyabr Namangan shahar Davlatobod tumanida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Viloyat IBBning ma`lumotiga ko`ra, hodisa oqibatida haydovchi ayol voqea joyida vafot etgan.  

Qayd etilishicha, 1986 yilda tug`ilgan ayol Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`rtasini ajratib turuvchi temir to`siqqa urilgan.

 Natijada, haydovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan va avtomashinada bo`lgan yo`lovchi, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1999 yilda tug`ilgan fuqaro bosh miya asosini sinishi, chap chakka suyagini ochiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1