1

Namanganda fuqaroga imtiyoz asosida uy olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Jinoyat 15.11.2021, 11:08
Namanganda fuqaroga imtiyoz asosida uy olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.N. fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali shahar hududidan ko`p qavatli uy-joylarning biridan imtiyozli asosida uy olib berish evaziga 1 100 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1