AsosiyJamiyat

2022 yildan «El-yurt umidi» stipendiatlaridan o`zbek tili va adabiyotini bilish talab etiladi

'2022 yildan «El-yurt umidi» stipendiatlaridan o`zbek tili va adabiyotini bilish talab etiladi'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida «El-yurt umidi» fondiga oid bir qator yangiliklar ma`lum qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Ma`naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, keyingi besh yilda “El-yurt umidi” jamg`armasi tomonidan xorijga o`qishga yuboriladigan talabalar soni 700 nafarga etkaziladi. Yangi tartibga ko`ra, endi stipendiatlikka nomzodlarni saralash jarayonida ularning o`zbek tili va adabiyotini bilish darajasiga ham e`tibor qaratiladi.

    Boshqa yangiliklar