AsosiyJamiyat

“Sog`liqni saqlash tizimi faoliyatini o`rganish bo`yicha” so`rovnomaga umuman aloqasi yo`q". Andijonda tibbiyot instituti talabasining halokati bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'“Sog`liqni saqlash tizimi faoliyatini o`rganish bo`yicha” so`rovnomaga umuman aloqasi yo`q". Andijonda tibbiyot instituti talabasining halokati bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Sal avval “Andijon tibbiyot instituti magistri shifokorlar bayrami kuni avtohalokatda vafot etdi” sarlavhasi ostida xabar berilgan edi. 

Hodisa yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot hizmati rasmiy ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, yuqoridagi holatlarni o`rganish maqsadida Andijon viloyati hokimligi tomonidan alohida ishchi guruh tuzildi.  

Dastlabki o`rganishlar natijasida talaba Sh.A. Qo`qon shahridan to`y marosimidan qaytayotganligi va haydovchini rulda uxlab qolish natijasida Bo`ston tumanidan o`tuvchi katta magistral yo`l yoqasidagi daraxtga borib urilgan. Natijada fuqaro Sh.A. vafot etgan. Vafot etgan fuqaroning ota-onasi ham fuqaro Sh.A. haqiqatdan ham Qo`qon shahriga to`yga bori kelayotganda yuqoridagi holat yuz berganini tasdiqlagan.

Sodir bo`lgan avariya holati “Sog`liqni saqlash tizimi faoliyatini o`rganish bo`yicha” so`rovnomaga umuman aloqasi bo`lmaganligi ma`lum bo`ldi. O`rganish ishlari yakunlari yuzasidan to`liq axborot beriladi, deyilgan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar