"Samarqand" xalqaro aeroportida yangi aerodrom kompleksi va yangi aeronavigasiya uskunalarini foydalanishga tayyorlash bilan bog`liq ishlar davom ettirilmoqda.
Shu munosabat bilan aeroportning yopilishi joriy yilning 15 dekabriga qadar uzaytiriladi. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" ma`lum qildi.
Barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga – "Navoiy", "Buxoro", "Qarshi" aeroportlariga yo`naltiriladi.
Eslatib o`tamiz, Samarqandda 2022-yilda bo`lib o`tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik doirasida yangi aerodrom kompleksi qurilishi davom etmoqda.






