AsosiyJamiyat

Kam ta`minlanganlarga ko`rsatiladigan bеpul advokatlik xizmati uchun mahalliy byudjetdan mablag` ajratiladigan bo`ldi

'Kam ta`minlanganlarga ko`rsatiladigan bеpul advokatlik xizmati uchun mahalliy byudjetdan mablag` ajratiladigan bo`ldi'ning rasmi

 2022 yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari uchun maqsadli jamg`armalarga transfertlarni inobatga olib, 215,4 trln. so`m miqdordagi mablag` ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi ma`lum qildi. 

Ta`kidlanishicha, 2022 yilda quyidagi byudjet xarajatlarini mahalliy byudjetlardan moliyalashtirishga o`tkazish taklif etilmoqda: 

  • Umumta`lim muassasalarini, maktabgacha ta`lim tashkilotlarini, sog`liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta`mirlashga, shuningdek sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar doirasida ob`ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta`mirlash-tiklash ishlariga doir xarajatlarni; 
  •  ko`p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta`mirlash xarajatlari va issiqlik ta`minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta`mirlash xarajatlarini; 
  • aholining kam ta`minlangan va muhtoj qatlamlariga ko`rsatiladigan bepul advokatlik xizmatlari xarajatlari. 

Shuningdek, Qonun loyihasida barcha tuman (shahar)larda tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltirish belgilangan.

    Boshqa yangiliklar