1

Farg`onada tijorat bankidan MChJ uchun ajratilgan 1,2 mlrd kredit mablag`ini o`marmoqchi bo`lganlar ushlandi

Jinoyat 16.11.2021, 09:46
Farg`onada tijorat bankidan MChJ uchun ajratilgan 1,2 mlrd kredit mablag`ini o`marmoqchi bo`lganlar ushlandi

 Farg`ona viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini ximoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Farg`onada tijorat bankidan MChJ uchun ajratilgan 1,2 mlrd kredit mablag`ini o`marmoqchi bo`lganlar ushlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Qayd etilishcha, fuqaro M.Z. va boshqalar “U.T.” MChJ rahbarining ishonchiga kirib, MChJga tijorat bankidan ajratilgan kredit mablag`ining 1,2 mlrd so`mini “I.P.” MChJga temir mahsuloti etkazib berish uchun o`tkazishga erishib, keyinchalik  o`rniga 120 000 AQSh dollari berishini aytadi. Shundan 50 000 AQSh dollarini berib, qolgan 70 000 AQSh dollarini bermasdan yuradi.

Ta`kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1