AsosiyJinoyat

Yana bir prokuror 8 ming AQSh dollari olayotganida ushlandi

'Yana bir prokuror 8 ming AQSh dollari olayotganida ushlandi'ning rasmi

15 noyabr kuni  taxminan soat 16.30 larda huquqni muxofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati Yangiobod tumani prokurori o`rinbosari 8.000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.  

Mazkur xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi kuzgatilgan.  

Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. Tergov xarakatlari olib borilmokda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar