1

Namanganda 13 yoshli bola uyidan 65 ming dollar o`g`irladi

Jinoyat 17.11.2021, 12:15
Namanganda 13 yoshli bola uyidan 65 ming dollar o`g`irladi

2021 yil 13 noyabr kuni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1954 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil avgust oyidan noyabr oyigacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs, yashash uyi yotoqxonasidagi sandiqda bo`lgan 65.000 AQSh dollarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, Yangiqo`rg`on tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 7-sinf o`quvchisi, 2008 yilda tug`ilgan nabirasi sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 noyabr` kuni O`z.R JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1