AsosiyJamiyat

Abdug`affor Qirg`izboev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga rektor etib tayinlandi

'Abdug`affor Qirg`izboev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga rektor etib tayinlandi'ning rasmi

Hukumatning tegishli qaroriga binoan, Abdug`affor Qirg`izboev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Mazkur tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Ushbu qaror bilan Pedagogika universitetining sobiq rektori Alisher Umarov lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Oliy ta`lim vazirligi Pedagogika universitetida dekan o`rinbosari va talaba qiz bilan bog`liq voqeaga yo`l qo`ygan universitet rahbariyati va mas`ullariga nisbatan qat`iy tashkiliy va intizomiy choralar ko`rilishini ma`lum qilgan edi .

    Boshqa yangiliklar