1

Termizda er savdosi bilan bog`liq firibgarlik holati aniqlandi

Jinoyat 18.11.2021, 18:21
Termizda er savdosi bilan bog`liq firibgarlik holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, fuqarolar T.X. va B.A.lar oldindan til biriktirib, tuman hokimligi zaxirasida bo`lgan 10 sotix er maydonini fuqaro M.ga o`zlariga tegishli ekanligini aytib, ushbu er maydonini rasmiylashtirib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan 3 300 AQSh dollari hisobidan 9 mln so`mni o`z ixtiyori bilan qaytarganliklari prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1