Bugun Tojikiston futbol federasiyasi hakamlar departamenti rahbari Rustam Abdulloev O`FA mehmoni bo`ldi. Dastlab O`FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov mamlakatlarimiz o`rtasida yaqin qo`shnichlik aloqalari hamda futbolni rivojlantirish borasida harakatlar yangi bosqichga chiqqanidan mamnun ekanligini bildirdi. O`z navbatida Abdulloev yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayor ekanligini aytdi.
Shundan so`ng TFF hakamlar departamenti rahbari va O`FA hakamlar bo`limi boshlig`i Erkin Baxtiyorov o`zaro hamkorlik memorandumini imzolashdi.
Ushbu memorandum asosida ko`plab istiqbolli loyihalarni birga amalga oshirish kelishib olindi. Hususan o`zaro tajriba almashish, o`zaro yig`inlarini birgalikda tashkil etish, O`zbekiston va Tojikistonning mahalliy chempionat uchrashuvlarini boshqarishga o`zaro tajribali hakamlarni jalb etish amaliyotini yo`lga qo`yish kabi takliflar maqullandi.