Rossiya bosh prokurori Yuriy Chayka 2015 yil davomida 600 dan ortiq amaldor korrupsiyada ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilganini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
“O`tgan yil davomida 651 nafar federal hukumat tashkilotlarida ishlaydigan amaldorlar, mingdan ortiq mahalliy o`z-o`zini boshqarish tashkilotlarida xizmat qiluvchi mansabdorlar korrupsiyada ayblanib, jinoiiy javobgarlikka tortildi”, – deb izoh berdi bosh prokuror.
Ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish to`g`risida aytib o`tgan edi.