Quvasoy shahrida 4 oktyabr kuni fuqaro Bog`bon MFY hududida yashovchi R.K ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 3 oktyabr kunidan 4 oktyabr kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib yotoqxonasidagi shkaf va sandiq ustidagi ko`rpa-to`shaklari orasidan 11.200.000 so`mlik turli xildagi tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.B sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.






