Forbes jurnalining rus tilidagi talqini Rossiyaning eng boy erkaklari suratlarini chop etdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Bu yilgi ro`yxatda bo`ydoq milliarderlar soni 11 kishiga qisqargan.
“Kimdadir ularga turmushga chiqib, boyligiga egalik qilish g`oyasi tug`ilgan bo`lsa, marhamat suratlarga qarab, “qurbon”ni aniqlashingiz mumkin”, deb izoh berilgan.
Ro`yxatda birinchi o`rinni — LetterOne Holdings direktorlar kengashining raisi 51 yoshli Mixail Fridman egallagan. U turmush o`rtog`i Olga bilan bundan 10 yil ilgari rasman ajrashgan. Uning davlati 13,3 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi.
Ikkinchi o`rin — 7,7 milliard AQSh dollariga ega bo`lgan 49 yoshli Dmitriy Rbolovlevga nasib qilgan. U sobiq turmush o`rtog`i bilan ajrashayotgan vaqtida rafiqasiga 604 million AQSh dollari hisobidagi mablag`ni qoldirgan. Shunday janjalli ajrashuvdan keyin uning yana rasman uylanishi dargumon.
Uchinchi o`rinni — 7,6 milliard AQSh dollariga ega bo`lgan 50 yoshli Mixail Proxorov egallab turibdi. U anchadan beri uylantirib qo`yishga harakat qilganlarni dog`da qoldirib, bo`ydoq bo`lishni afzal ko`rdi.





