AsosiyJamiyat

Chiroqchidagi 32 ta mahalla yangi tashkil etilayotgan tumanga o`tkaziladi

'Chiroqchidagi 32 ta mahalla yangi tashkil etilayotgan tumanga o`tkaziladi'ning rasmi

Ma`lumki, Prezident joriy yilda  Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog`ida Chiroqchi tumanini ikkiga bo`lish taklifini bergandi.

18 noyabr kuni “Chiroqchi tumani hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yig`inlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Ko`kdala tumani tarkibiga o`tkazish haqida”gi Chiroqchi tumani hokimining qarori qabul qilindi. Bu haqda "Zamon" nashri yozmoqda. 

Ushbu qarorga muvofiq Chiroqchi tumanidagi “Ayritom”, “Baxt”, “Beglamish”, “Ko`kdala”, “Qanotli”, “Naymansaroy” hamda “Oltin boshoq”, “Oltin dala”, “Paxtalisoy”, “Soybo`yi”, “Taloqtepa”, “Toshli” nomli mahalla fuqarolar yig`inlari yangi tuman tarkibiga qo`shiladi.

Bundan tashqari, “Umakay”, “O`tamayli”, “Xarduri”, “Xo`jaobod”, “Xushali”, “Chorvador”, “Sho`rbozor”, “Sho`rquduq”, “Eski anxor”, “Torjilg`a”, “Guliston”, “Annaruz”, “Zum”, “G`allakor”, “Qumdaryo”, “Suvliq”, “To`qmor”, “Uymovut”, “Chiyal” va “Chuvulloq” kabi MFY lar ham Ko`kdala tumani tarkibiga o`tkaziladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar