Fuqaro S.N. sof quyma oltinni o`tkazish maqsadida, fuqaro R.dan 548 gramm sof qo`yma oltinni 328,5 mln so`mga, fuqaro B.dan 1,7 kg sof quyma oltinni 1,7 mlrd so`mga xarid qilib, Navoiy-Samarqand yo`nalishida “Nexia-2” rusumli avtotransport vositasida harakatlanib kelayotgan vaqtida ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir yakunida fuqarodan jami 2,3 kg sof quyma oltin parchalari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.