29-oktyabr kuni, Sariosiyo tumani “Kelajak sari” mahallasida yashovchi, R.Sabohat (ism shariflar o`zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 20:30 larda, Termiz shahridagi avtomobillarni yuvish shoxobchasi yonida, 2.000.000 (ikki million) so`mlik "RedMi-7" rusumli telefoni noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilganligini bildirgan.
Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angor tumanida yashovchi, S.Sarvar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
Mazkur holat yuzasidan 4-noyabr kuni S.Sarvarga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qism bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






