AsosiyJamiyat

Sanatoriylarga yo`llanmalar DXM yoki YaIDXP orqali beriladi

'Sanatoriylarga yo`llanmalar DXM yoki YaIDXP orqali beriladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining «Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo`llanmalar berish sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish to`g`risida»gi 693-son qarori bilan Keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo`llanmalar berish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentda quyidagilar belgilandi:

  • keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yo`llanmalarni berish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatish tartibi;
  • keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan sanatoriylarda davolanish uchun yo`llanmalarni berish bo`yicha davlat xizmatidan foydalanish tartibi;
  • keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yo`llanmalarni taqsimlash tartibi.

Yo`llanmalar quyidagi tartibda beriladi:

a) har yili:

  • quyidagi toifadagi shaxslarga:
    • urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
    • respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
    • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek halokat sababli nogiron bo`lib qolgan shaxslarga;
    • yadro poligonlari va boshqa radiasiya-yadro ob`ektlarida harbiy xizmatni o`tagan pensiya yoshidagi shaxslarga;
    • o`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lgan yolg`iz keksalarga;

b) ikki yilda bir marta:

  • urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
  • halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
  • I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga, I guruh nogironini parvarish qiluvchi shaxslarga;

v) uch yilda bir marta:

  • yoshga doir pensiya oluvchilarga.

2022 yil 1 iyuldan boshlab jismoniy shaxslar faqat DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo`llanmalar olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Bunda belgilangan shakldagi so`rovnoma to`ldiriladi.

Vakolatli organ so`rovnoma tushganidan so`ng ma`lumotlarni o`z elektron reestriga kiritadi va navbatlar to`g`risidagi ma`lumotlarni rasmiy saytida real vaqt rejimida yangilab borilishini ta`minlaydi.

Ushbu davlat xizmati ko`rsatilgani uchun yig`im undirilmaydi.

Sog`liqni saqlash vazirligi va O`zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasining vazirlik va idoralarga tegishli Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan barcha sanatoriylarni o`z ichiga oladigan «Elektron sanatoriy» platformasini ishlab chiqish taklif ma`qullandi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi sanatoriylar «Ijtimoiy xizmat» elektron platformasiga ulanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 20.11.2021 yildan kuchga kirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar