Moskvada 11 yoshli qizcha qarshiliksiz Vnukovo aeroporti xavfsizlik tizimidan o`tib, hech qanday hujjatsiz Sankt-Peterburg shahriga uchib borgan. Shu voqea munosabati bilan yaqin kunlarda nazorat tashkilotlari aeroportni tekshiruvdan o`tkazadi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Peterburgning Pulkovo aeroporti xodimlari hamkasblarining o`z ishlariga sovuqqonlik bilan qaraganligi tufayli ularni va “Rossiya” aviakompaniyasi xodimlarini tekshirishni talab qilishdi. Qizcha aynan shu aviakompaniya samolyoti bortiga chiqqan.
Qizcha barcha nazorat punktlaridan qarshiliksiz o`tib kelgan, u xavfsizlik xizmati xodimlarini shubhalantirmagan. Bir guruh to`planib turgan olomon orasida bemalol samolyotgacha etib kelgan. Qizchani hech kim tekshiruvdan o`tkazmagan. Uning aytishicha, “Shunchaki Sankt-Peterburgni aylanib kelmoqchi” bo`lgan.





