Aktyor va rejissyor Yigitali Mamajonov Instagram`dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan surati e`tiborimizni tortdi.
Suratda “Men senga 10$ berdim, u esa senga 20$ berdi. Sen uni ko`proq pul bergani uchun mendan afzal ko`rding. Biroq unda 200$ bor edi, menda esa 10$”, deb yozilgan.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar aksariyat hollarda ko`ngil kechinmalari, o`y-xayollaridan kelib chiqib, post joylaydi. Qiziq, Yigitalining bu so`zlari uning ayni paytdagi ruhiy holati va o`y-xayollariga mutanosibmi yoki bu shunchaki yozilgan chiroyli so`zlarmi?