“Golos.Deti” shousining asosiy qahramonlaridan biri bo`lgan 29 yoshli Pelageya o`zining yangi sevgilisini tanishtirdi — u SSKA xokkey ligasining 24 yoshli hujumchisi Ivan Telegin.
Ushbu ishqiy munosabatlarning eng ayanchli tomoni Pelageyani deb sportchi o`z oilasini tashlagani bo`ldi.
Xokkeychining oilasida farzand tug`ilishi ham oilani saqlab qololmadi, u ajrashib, avvalgi munosabatlariga nuqta qo`ydi. Pelageya bilan munosabatlarini sportchi ommaga oshkor qilmayapti. Biroq ularning doim birga omma oldida birga paydo bo`lishi buni sir saqlashga o`rin qoldirmayapti.






