O`zbekiston hukumati Amir Temurning g`alabali janglaridan biri sharafiga Samara viloyatidagi Kondurcha daryosi yaqinida uning haykalini o`rnatish rejalashtirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi “Tarixdagi harbiy yurishlarni o`rganish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan Amir Temur va uning askarlari tasvirlangan kompozision yodgorlikni o`rnatish bo`yicha ko`rik-tanlov o`tkazish taklif qilingan.
Qaror loyihasi lex.uz saytida ham e`lon qilindi.
Hujjatga muvofiq, tanlov yakunlari bo`yicha O`zbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda yodgorlik o`rnatish bo`yicha memorandum imzolanishi kutilmoqda.
Loyihani 2023 yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan.