AsosiyDunyo
4357

YouTube`da o`chirib bo`lmaydigan reklama paydo bo`ladi

YouTube videoxosting xizmati ma`muriyati reklamaning yangi ko`rinishini sinovdan o`tkazmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

YouTube`ning mobil talqinida o`chirib va o`tkazib yuborib bo`lmaydigan 6 soniyali reklama paydo bo`ladi. 

Bumper deb nomlangan yangi reklama mobil telefonlarda videorolik boshiga joylashtiriladi va bunday reklamalar yoshlar audiyatoriyasiga mo`ljallanadi. Videoxosting xizmatidagi an`anaviy reklamalar esa o`z joyida qoladi, ularni 5 soniya tomosha qilgandan so`ng o`tkazib yuborish mumkin bo`ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar