Vladimir Putin hukumat a`zolari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda koronavirusga qarshi burun vaksinasi bilan emlanganini aytdi.
Prezidentning aniqlik kiritishicha, proseduradan so`ng u hech qanday noxush tuyg`ularni boshdan kechirmagan.
Bundan tashqari, davlat rahbari 22 noyabr kuni Sputnik Light bilan qayta emlanganini aytdi.
"Emlashdan roppa-rosa olti oy o`tgach, mening himoya titram tushib ketdi va mutaxassislar qayta emlash jarayonini tavsiya qildilar, men buni qildim", deb tushuntirdi Putin.