Bugun, 24 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida meva-sabzavotchilik va dehqon xo`jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Yig`ilish tafsilotlari haqida prezident Matbuot xizmati ma`lum qildi.
"Yaqinda qabul qilingan qarorlar bilan paxta-to`qimachilik va g`alla klasterlari faoliyati bilan bog`liq barcha masalalar hal qilib berildi.
Buning hisobidan to`qimachilik sanoati korxonalari eksporti joriy yilda 3 milliard dollardan, kelgusi besh yilda esa 7 milliard dollardan oshiriladi.
Xuddi shunday ishlab, meva-sabzavotchilik eksportini bugungi 1,2 milliard dollardan kamida 5 milliard dollarga ko`paytirish bo`yicha barcha imkoniyatlar bor", dedi davlat rahbari yig`ilish avvalida. Bunda:
- kelgusi yilda paxta va g`alladan bo`shagan 80 ming gektar er aholiga bo`lib beriladi;
- 70 ming gektar er foydalanishga qaytariladi;
- aholining o`zida 500 ming gektar atrofida tomorqa erlari mavjud. Ushbu erlardan qo`shimcha 10 million tonna mahsulot olish, 1,5 million aholini band qilish va 800 million dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratiladi.