AsosiyJamiyat

Samarqandda “metall konteyner”dan topilgan jasadlar yuzasidan ma`lumot berildi

'Samarqandda “metall konteyner”dan topilgan jasadlar yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Avvalroq, Samarqandda “metall konteyner” ichidan 2 nafar odamning jasadi topilgani haqida xabar bergandik. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi holat yuzasidan ma`lumot berdi:

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg`omda 2 nafar fuqaroning jasadi konteynerdan topilganligi haqida xabar tarqalgan.  

Aniqlanishicha, 17 noyabr kuni “Agrokimyota`minotservis” MChJ hududidagi yashash uchun moslashtirilgan konteynerda ikki nafar yollanma ishchi qo`lbola usulda yasalgan pechkadan chiqqan is gazidan zaxarlanib vafot etishgan.

Marhumlarning o`lim sabablarini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg`om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar