AsosiyJamiyat

Transport vositalariga o`rnatilgan gaz ballonlari nega portlayotgani ochiqlandi

'Transport vositalariga o`rnatilgan gaz ballonlari nega portlayotgani ochiqlandi'ning rasmi

Kuni kecha Farg`ona viloyatida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida yig`ilish bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston Respublikasining “Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risida”gi qonunining Farg`ona viloyatidagi ijrosi, jumladan, gaz balonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari xavfsizligini ta`minlash bo`yicha ko`rilayotgan choralar muhokama qilingan.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi Qutbiddin Burhanov ishchi guruh tomonidan viloyatda mazkur qonunning ijrosi, xususan, gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari xavfsizligini ta`minlash bo`yicha ko`rilayotgan choralar o`rganilganligini qayd etgan. 

O`rganish jarayonida tegishli yo`nalishlarda muayyan ishlar amalga oshirilgani aniqlangan. Xususan, yo`l harakati xavfsizligi to`g`risidagi qonun hujjatlarining gaz balonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari xavfsizligini ta`minlash bo`yicha talablarini, avvalo, mutaxassislar va mas`ullarga, qolaversa, transport egalariga muntazam ravishda tushuntirish ishlari yo`lga qo`yilgan.

 Shuningdek, avtotransport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazish tartibini soddalashtirish bo`yicha qator tashkiliy choralar ko`rilgan, bu borada yuridik va jismoniy shaxslarga qo`shimcha qulayliklar yaratilgani aytiladi.

Yig`ilishda oyo`l qo`yilayotgan ba`zi kamchilik va muammolar ko`rsatib o`tilgan. Jumladan, 2020 yil va joriy yilning 10 oyi davomida respublika bo`yicha gaz balonlari o`rnatilgan transport vositalarida 17 ta portlash holati sodir bo`lgan va ularning bittasi aynan Farg`ona viloyatining Quva tumanida qayd etilgan. Bunday holatlarga aksariyat hollarda gaz balonlarni belgilangan tartibda texnik sinovdan o`tkazmaslik, jismonan va ma`nan eskirgan gaz balonlaridan foydalanish hamda avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalarida shu kabi gaz balonlariga hamda me`yordan ortiq bosimda gaz to`ldirish sabab bo`lishi ta`kidlanadi.

Yig`ilish yakunida savol-javoblar va bildirilgan takliflardan kelib chiqib oldinda turgan vazifalar kelishib olindi. Mutasaddilarga ko`rsatma va topshiriqlar berildi

    Boshqa yangiliklar