1

Rayhon,Munisa Rizaeva,Sarvar va Komil Kanizaning ayblovlariga munosabat bildirdi

Shou-biznes 28.04.2016, 12:35
Teglar: Rayhon G`anieva, Shou-biznes, Munisa Rizaeva, Kaniza
Rayhon,Munisa Rizaeva,Sarvar va Komil Kanizaning ayblovlariga munosabat bildirdi

Xonanda Kaniza konsert oldi matbuot anjumanida bir nechta hamkasblarini undan g`oya o`g`irlaganlikda ayblagani haqida xabar berilgan edi.

Rayhon,Munisa Rizaeva Sarvar va Komil Kanizaning e`tirozlariga “Hordiq” gazetasi orqali munosabat bildirdi.

Rayhon:
—Men Kanizaning qo`shiqlarini eshitmaganman. Kecha telekanaldan ham qo`ng`iroq qilishdi va shu mavzuda ko`rsatuv tayyorlamoqchi ekanliklarini aytib, intervyu berishimni so`rashdi. O`zimga ep ko`rmaganim uchun rozi bo`lmadim. “Tabib” qo`shig`imning mualliflari Sarvar va Komil faqat birgina so`z o`xshash ekanligini ma`lum qilishdi.

Sarvar (Rayhonning so`nggi xit taronalari aynan shu ijodkorga tegishli):
—O`zbek tili juda boy til. Rayhonning “Tabib” taronasi ilk bora yangi konsertida yangragan edi. Biz “tabib”, “habib” degan so`zlarni Kaniza qo`shiq qilib aytmasidan oldinroq ham bilganmiz va bemalol bu so`zlardan foydalanganmiz. Bu so`zlarni Kaniza xususiylashtirib olmagan. O`zbek tilining lug`atidan istagan odam istganicha foydalanishi mumkin. Bundan chiqdi, Kaniza qo`shig`ida “Jonon bo`laman” jumlasidan foydalansa, demak shu qo`shiqdan o`g`irlagan bo`lar ekan-da?! Kanizaning e`tirozi, ochig`i, bizning kulgumizni keltirdi. 

Munisa Rizaeva: 
—Kaniza kabi mening ham o`z yo`nalishim va didim bor. Bizni solishtirishning o`zi, bilmadim, qanday bo`ladi? Umuman olganda, nafaqat Kaniza, balki hech kimga taqlid qilmayman. Ayniqsa, kiyinish borasida! Har bir o`zbek ayolining ro`mol o`rash uslubi bor. Men ham klipimda ro`molni ayollarimiz o`raydigan usullardan foydalangan holda o`raganman. Bundan chiqdi, klipida ro`mol o`rab chiqqan har bir xonanda Kanizaga taqlid qilgan bo`ladimi?

U o`zbekona urf-odatlarimiz-ku! Men “Yonar” nomli qo`shig`imga ishlangan klipda haqiqiy o`zbek kelini obrazini ko`rsatib berganman va u Kaniza yaratgan obrazdan farq qiladi. 

Kaniza o`z ustida qanday ishlayotgan bo`lsa, biz ham undan kam izlanayotganimiz yo`q.

Sharhlar

Kanizaning arzi etib bordi: xonandani haqorat qilgan yigit sud qilindi (video)

19.07.2023, 11:51

Avvalroq xonanda Kaniza videomurojaat bilan chiqib, uni ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan yigitga chora ko`rilmayotganini aytib, qonunlar ishlamasligi haqida arz bilan chiqqandi. Xonanda holat bo`yicha tegishli organ...
"Kerak bo`lsa shu videoni Prezidentgacha ko`rsatishsin!" Xonanda Kaniza murojaat bilan chiqdi (video)

17.07.2023, 11:35

Xonanda Kaniza o`zi duch kelgan va uni qiynayotgan muhim masalada murojaat bilan chiqdi. "Hozir bir narsani sizlar bilan bo`lishmasam paqillab ketaman. Prezidentimiz yangi qarorlar chiqardilar, lekin...
"Kuyovbolaning yoshi mеndan kichik". Munisa Rizaeva turmushga chiqayotgani haqida ma`lum qildi (video)

08.01.2021, 10:17

Xonanda Munisa Rizaeva turmushga chiqmoqda. Bu haqda xonandaning o`zi Instagram sahifasida muxlislari bilan bo`lgan jonli savol-javob efiri chog`ida ma`lum qildi. Xonanadaga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bir qancha...
Munisa Rizaevani tovlamachilikda ayblashdi

13.03.2020, 18:21

Munisa Rizaeva o`z instagramdagi sahifasida videomurojaat joylashtirdi. Unda xonanda muxlislari uni tovlamachilikda ayblashayotganligini aytmoqda. Bu haqda honandaning intagram sahifasiga ilova qilib Aniq.uz xabar berdi.Xonanda va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1