Shveysariyaning Syurix shahrida JCh-2022 Evropa saralash bosqichi pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Mazkur bosqichda 12ta terma jamoa ishtirok etadi. Shundan uchta terma jamoa kelgusi yil Qatarda bo`lib o`tadigan jahon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritadi.
Eslatib o`tamiz, yarim final bahslari 2022 yil 24 martda, final esa 29 mart sanasida bo`lib o`tadi.
Quyida juftliklar bilan tanishing:
1. Shotlandiya – Ukraina
Uel – Avstriya
2. Rossiya – Polsha
Shvesiya – Chexiya
3. Italiya – Shimoliy Makedoniya
Portugaliya – Turkiya






