AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vaziri Jomboydagi 28-maktab o`quvchilarini vaqtincha boshqa binoga ko`chirish chorasini ko`rishni aytdi

'Xalq ta`limi vaziri Jomboydagi 28-maktab o`quvchilarini vaqtincha boshqa binoga ko`chirish chorasini ko`rishni aytdi'ning rasmi

Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov bugun tunda Jomboy tumanidagi 28-umumta`lim maktabiga bordi. Bu haqda Xalq ta`limi matbuot xizmati xabar berdi

1975 yilda hashar yo`li bilan qurilgan mazkur maktabning bugungi kundagi o`quvchilar sig`imi 2 koeffisentdan oshib ketgan.  

Xalq ta`limi vaziri sinfxonalarni ko`zdan kechirar ekan qishki mavsumda o`quvchilarning munosib sharoitlarda ta`lim olishini ta`minlash maqsadida yaqin hududda joylashgan kasb-hunar kollejiga qisqa muddatda ko`chirish chorasini ko`rishni so`radi.  

“Birinchi navbatda o`quvchilarning ta`lim olishi uchun munosib sharoit yaratishimiz zarur. Bino eski bo`lganligi sababli imkon boricha tezroq bolalarni boshqa binoga ko`chirib, maktabni investisiya dasturiga kiritish chorasini ko`rishimiz lozim”,  — deya qayd etdi vazir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar