«Manchester Yunayted» tez orada Ralf Rangnikni bosh murabbiyi sifatida e`lon qilmoqchi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Qayd etilishicha, «qizil iblislar» Rangnik bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda tez orada rasman e`lon qilishi kutilmoqda.
Rangnik mavsum yakuniga qadar bosh murabbiy sifatida «Manchester Yunayted»ni boshqarishi kutilmoqda.
Keyingi yildan so`ng esa germaniyalik mutaxassis jamoa tizimida faoliyat ko`rsatadi. Rangnik hozirda Moskvaning «Lokomotiv» klubi tizimida mehnat qilmoqda.