"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh kelasi yil yozida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Qayd etilishicha, Madridning "Real" klubi misrlik hujumchi uchun asosiy da`vogarlardan biri bo`lib turibdi. "Qirollik" klubi Salohni sotib olish bo`yicha taklif tayyorlamoqda.
O`z navbatida "Liverpul" ham Salohni o`z safida saqlab qolish istagida unga yangi shartnoma taklif etmoqchi. Yangi bitim orqali "qizillar" Muhammadni APLda eng ko`p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi.